Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Afg‘onistondagi elchixonasini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti

Rossiya Afg‘onistondagi elchixonasini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti

Moskva Afg‘onistondagi Rossiya elchixonasi yaqinida sodir etilgan teraktdan so‘ng elchixonani evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda RF prezidentining Afg‘onistondagi maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qilgan.

«Hatto bu haqda o‘ylab ham ko‘rilgani yo‘q. Bunday reja kutilayotgani ham yo‘q», – deydi Kabulov «Rossiya 1» telekanali muxbirining, mamlakat elchixonasining ishini to‘xtatishi va diplomatlarning evakuatsiya qilinishi kutilyaptimi, mazmunidagi savoliga javoban.

Eslatib o‘tamiz, terakt joriy yil 5 sentyabr kuni ertalab elchixona darvozasi oldida sodir bo‘lgan va unda dipmissiyaning ikki nafar xodimi halok bo‘lgani aytilgan edi. Ayni vaqtda RF elchixonasi terakt bo‘yicha surishtiruv olib borayotgan Afg‘oniston hukumati xavfsizlik xizmati bilan aloqani kuchaytirgan hamda elchixona qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qattiq qo‘riqlovga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring