Reuters: Moskvadagi mitingda 40 ming kishi qatnashdi
Moskvadagi «Navalniyga ozodlik!» norozilik aksiyasida kamida 40 ming kishi ishtirok etdi, deya xabar berdi Reuters. Agentlik buni so‘nggi yillarda Moskvada o‘tkazilgan eng yirik norozilik harakatlaridan biri deb atadi.
Moskva politsiyasi Moskva vaqti bilan soat 14:40da aksiyada to‘rt mingga yaqin odam qatnashganligini xabar qilgandi.
«OVD-Info» ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada soat 16:49 ga qadar 395 kishi (shu jumladan, Yuliya Navanaya) va butun Rossiya bo‘ylab 1338 kishi hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelishi bilan aeroportda hibsga olingandi. Uning tarafdorlari butun Rossiya bo‘ylab norozilik aksiyalarini o‘tkazishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter