Ramzan Qodirovning «o‘ng qo‘li» Ukrainada o‘ldirilgani aytildi

Ukraina ommaviy axborot vositalarida Rossiya Davlat Dumasi deputati Adam Delimxanov halok bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.
Ammo, rossiyalik rasmiylarga ko‘ra, Delimxanov tirik va hatto yaralanmagan. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
«Havotirlagan barchaga rahmat! Adam Sultonovich tirik, sog‘-salomat, hatto jarohati ham yo‘q», deb yozadi u.
Avvalroq, Rossiya davlat telekanallaridan biri bo‘lgan «Zvezda» Delimxanov tirik ekani, ammo yaradorligi xususida xabar bergandi. Ramzan Qodirov ham avvalroq Delimxanov bilan aloqa bog‘lay olmayotgani haqida yozgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter