Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovning ahvoli og‘ir xolatda – Ukraina razvedkasi

Ramzan Qodirovning ahvoli og‘ir xolatda – Ukraina razvedkasi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli ahvoli og‘ir halatda Bu haqda Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi  vakili Andrey Yusov ma’lum qildi.

«Ha, bizda haqiqatan ham harbiy jinoyatchi Qodirovning ahvoli og‘ir ekani va mavjud kasalliklar og‘irlashib, og‘ir ahvolga tushib qolgani haqida ma’lumotlar bor», — deydi Yusov.

Yusovning qo‘shimcha qilishicha, Qodirovning ahvoli yomonligi haqidagi mish-mishlar birinchi marta paydo bo‘layotgani yo‘q, ammo bu safar ma’lumotlar jiddiyroq.

Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirov o‘tgan yil oxiridan beri uning sog‘lig‘i haqidagi bu mish-mishlarni rad etib keladi. 2022 yilning dekabr oyida u muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganini, unda jiddiy muammolar aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring