Ramzan Qodirov Putindan Zelenskiyga suiqasd topshirig‘ini olgan — OAV
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd uyushtirish rejalarida qatnashgan. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksey Danilov OAVlarga ma’lum qilgan.
«Ukraina birinchi shaxsiga suiqasd bo‘yicha topshiriqni 3-fevral kuni Ramzan Qodirov Vladimir Putin bilan uchrashuvda olgan. Qodirovga suiqasdni o‘z guruhi bilan amalga oshirish majburiyati yuklatilgan», — deya Danilovning so‘zlarini keltiradi Meduza.
Ukrainalik amaldor suiqasd haqidagi manbani ochiqlamagan. Ammo qayd etish kerakki, so‘nggi haftalarda Vladimir Zelenskiy va uning idorasi vakillariga o‘ndan ortiq suiqasdlar (mart oyi boshidan beri uchta) uyushtirilgan bo‘lishi mumkin.
Britaniyaning «The Times» gazetasiga ko‘ra, suiqasdlarda «Vagner PMK» yollanma askarlari va chechen maxsus kuchlari ishtirok etmoqda.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aprel oyi boshidagi fransuz ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Rossiya Ukraina prezidenti hayotiga suiqasd tayyorlayotgani haqida xabarlarni «safsata» deb atagan edi.
Mart oyi so‘nggida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Milliy gvardiyasi general-leytenanti unvonini olgandi. Bundan tashqari Qodirovning rus qo‘shinlarining butun Ukraina shaharlari bo‘yicha hujum uyushtirishi bo‘yicha bayonoti aynan Putin tomonidan berilgani iddao qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov avval ham muzokaralardan foyda yo‘qligi va Kiyevga hujumni davom ettirish lozimligi haqida gapirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter