Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov kim tomonda ekanini aytdi

Ramzan Qodirov kim tomonda ekanini aytdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Falastinni qo‘llab-quvvatlashini va bu urushga qarshi ekanini ma’lum qildi.

Qodirov jahon hamjamiyatini «bir marta bo‘lsa ham» Falastin masalasida «adolatli qaror» qabul qilishga chaqirdi. Shuningdek, u musulmon davlatlari rahbarlariga murojaat qilib, «Yevropa va butun G‘arbni jangarilarni yo‘q qilish bahonasida tinch aholini bombardimon qilmaslikka undashga» chaqirdi.

«Ular u yerda hech qanday jangari yo‘qligini bilishadi, shunchaki qo‘rqitish uchun ular portlatishadi, o‘ldirishadi» — deydi Checheniston rahbari.

Qodirov Falastinni qo‘llab-quvvatlashini, chunki «Isroil bir vaqtlar ularning yerlarini tortib olib, mamlakatni qamalda ushlab kelayotganini» aytdi. Uning fikriga ko‘ra, urush shunchaki tugamaydi.

Qodirov bir bor Isroilda bo‘lganini va u yerda «muqaddas joy»ni ziyorat qilganini aytdi.

«Biz bilan birga eskortlar bor edi va ular bizni to‘xtatib, u yerda shovqin ko‘tarishimiz uchun bizni g‘azablantirishga urinishdi. Lekin biz kutdik. Asosiy maqsadimiz Al-Aqso masjidiga kirib namoz o‘qish edi», — dedi Qodirov. U, shuningdek, raketa hujumidan zarar ko‘rgan Abu G‘oshdagi Ahmat Qodirov masjidini tilga oldi va tomonlardan unga hamda Al-Aqsoga tegmaslikni so‘radi.

Qodirov zarurat tug‘ilsa, mojaro hududiga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini bildirdi. «Biz kim haq va kim nohaq ekanligini aniqlaymiz va kurashni davom ettirayotganlarni to‘xtatamiz», dedi Checheniston rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring