«Rahmat, prezident Putin». Angliyaliklar Rossiyaning Suriyada yuritayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlamoqdami?
Rossiyaning Angliyadagi elchixonasi angliyaliklar Rossiyaning Suriyada yuritayotgan siyosatidan mamnunligi haqidagi maktubini «Twitter»da e’lon qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Ayrim G‘arb davlatlarining hukumat rahbarlari tarixni va bugungi kunni unutib qo‘yib, Rossiyani tanqid qilishmoqda. Rossiya bugun terrorizmga qarshi samarali kurash olib borayapti. Angliyada sizning do‘stlaringiz ko‘p, ular sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Prezident Putin va Rossiya xalqiga rahmat», – deya yozilgan mahalliy aholi elchixonaga yuborgan xatda.
Angliyaliklar Rossiya va Suriya prezidentlari boshqa davlatlar rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli Suriya hududida tinchlik o‘rnatishidan umid qilishmoqda. Misol uchun, angliyalik bir kishi maktubida Putin va Asadga JAR prezidentining yordamiga tayanishni maslahat bergan.
Avvalroq rossiyalik diplomatlar britaniyaliklar o‘z hukumatining «Skripal ishi» yuzasidan qilgan harakatlari bo‘yicha uzr so‘rab yozgan maktubini e’lon qilgan edi.
G‘arb davlatlari Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalarini qoralamoqda. Vaholanki, rasmiy Moskvaning ta’kidlashicha, Rossiya Suriyaga prezident Bashar Asadning iltimosiga ko‘ra kirgan. G‘arb kaolitsiyasi Rossiyaning harbiy operatsiya boshlashi BMT rezolyusiyasiga zid ekanini aytmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter