Qushlar galasi samolyotga shikast yetkazdi

«Turk havo yo‘llari»ga qarashli samolyot Istanbuldan Nyu-York sari parvoz qilayotib Amerikada qushlar galasiga duch keldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Nyu-York shahridagi Jon Kennedi xalqaro aeroportiga qo‘nayotgan samolyot qushlar galasiga duch kelgan. Samolyotdagi 350 nafar yo‘lovchiga ziyon yetmagan, biroq havo kemasi shikastlangan.
Samolyotni ko‘zdan kechirgan «Boeing» firmasi mutaxassislari uning Istanbulga qaytishi xavfli ekanini ma’lum qilgan.
Yo‘lovchilar Istanbuldan jo‘natiladigan boshqa samolyotda ortga qaytishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter