Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qurol yetkazib berishni tezda to‘xtatishi kerak» – Ukraina Eronni «jinoiy tajovuz»da ayblayapti

«Qurol yetkazib berishni tezda to‘xtatishi kerak» – Ukraina Eronni «jinoiy tajovuz»da ayblayapti

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Eronni unga tegishli bo‘lgan uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalaridan foydalanib qilingan hujumlardan keyin «Rossiya tajovuzining sherigi» deb atadi.

«Biz Tehronni Rossiyaga har qanday qurol yetkazib berishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz. Aks holda, Eron va uning rahbariyati eng og‘ir mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, jumladan, xalqaro sud jarayonlari doirasida», – deyiladi Ukraina TIV saytida e’lon qilingan bayonotda.

Ukraina hukumati, shuningdek, mamlakatda bosqinchilik urushi olib borish va fuqarolarni o‘ldirish uchun qurol-yarog‘ bilan ta’minlash Eronni Rossiyaning Ukrainaga qarshi terrorchilik harakatlari, jinoiy tajovuz va harbiy jinoyatlariga sherik qiladi.

Qayd etilishicha, tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 17-oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi davlatlarini Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Rossiya muhim infratuzilmalarga zarba berish uchun Eronda ishlab chiqarilgan dronlardan foydalanmoqda.

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani mamlakat Ukrainadagi jangovar harakatlarda foydalanish uchun Rossiyaga qurol yetkazib bermayotganini aytgan edi.

Bungacha Amerikaning The Washington Post gazetasi Rossiya Erondan yangi raketalar va uchuvchisiz samolyotlar olishi haqida xabar bergan edi. Gap mos ravishda 300 va 700 kilometrgacha masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir  Fateh-110 va Zolfaghar qisqa masofali ballistik raketalari, shuningdek, Mohajer-6 va Shahed-136 uchuvchisiz uchish apparatlari haqida bormoqda.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirish va Rossiyaning Ukrainadagi janglarda Eron dronlaridan foydalangani haqidagi taxminlarni muhokama qilishga qaror qildi. Hozircha Yevroittifoq Tehronning Moskvaga ehtimoliy ta’minoti bilan bog‘liq cheklovlar kiritishni rejalashtirmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring