Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quddusda AQSh elchixonasining ochilish sanasi ma’lum qilindi

Quddusda AQSh elchixonasining ochilish sanasi ma’lum qilindi

Foto:«Aa.com.tr»

Isroilning Rossiyadagi elchixonasi press-attashesi Aleks Gandlerning ma’lum qilishicha, AQSh Quddusda elchixona ochishni joriy yilning 14-mayiga rejalashtirmoqda. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.

«AQShning Quddusdagi elchixonasi joriy yilning 14-may kuni ochiladi», — deya ma’lumot bergan Gandler.

Uning so‘zlariga ko‘ra Isroil tomoni mazkur tadbir va mamlakat mustaqilligi bayramida juda muhim ahamiyatga ega mehmonlar kelishini kutmoqda.

Avval AQSh mazkur elchixonani may oyida ochish niyati haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring