Qrim ko‘prigi portlashi ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi – OAV
Ayrim g‘arb OAVlari hamda ukrain nashrlari Qrim ko‘prigi portlashi ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgani haqida yozmoqda. Bunga mamlakat rasmiylarining portlashdan keyingi chiqishlari sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.
Masalan, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak Kerch yaqinidagi Qrim ko‘prigida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in haqida fikr bildirib: «Qrim ko‘prigi, bu boshlanishi. Noqonuniy hamma narsa yo‘q qilinishi kerak, o‘g‘irlangan hamma narsa Ukrainaga qaytarilishi kerak, hamma narsa Ukrainaga qaytarilishi kerak. Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan yerlar ozod qilinishi kerak», – deb yozadi Tvitter sahifasida.
Mamlakat mudofaa vazirligi ham rasmiy tvit qoldirib, unda «Ukraina Qrimida Rossiyaning ikki mashhur ramzi – «Moskva» kreyseri va Qrim mosti yo‘qlikka shung‘igani» aytiladi.
O‘z navbatida Ukraina maxsus xizmati Qrim ko‘prigidagi portlashga aloqadorligi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortgan.
The Washington Post nashri ham yuqoridagi mazmundagi xabarni tarqatib, bunga Ukraina hukumati rasmiysini manba sifatida ko‘rsatmoqda. Nashrning yozishicha, portlash ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi.
Birinchi bo‘lib portlashda Ukraina hukumatining taxminiy roli haqidagi xabar «Ukrainskaya pravda» yangiliklar saytida paydo bo‘lib, unda nashr aytgan noma’lum huquq-tartibot idorasi xodimiga tayanib, Ukraina xavfsizlik xizmatining ishtirokini tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrim ko‘prigidagi portlash, sabablari va oqibatlari haqida ma’lumotlar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter