Qozog‘istonning Turkiston viloyatini sel bosdi (video)
Yomg‘ir ko‘p yog‘ishi va kunlar keskin isib ketishi oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyatini sel bosdi. Ko‘chalar, hovlilar suv bilan to‘lgan.
Xavfli hududda 17 ta aholi maskani joylashgani aytilmoqda. Videotasvirdan ko‘rinib turibdiki, sel juda kuchli, mashinaning tomiga chiqib olib jon saqlashga urinayotganlar bor.
Yo‘llar yuvilib ketgani uchun ishga borolmay qolganlar ko‘p, maktablardagi darslar onlaynga o‘tkazilgan. Qutqaruvchilar suvni, uylargacha kirmasligi uchun, tortib olishyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter