Qozog‘istonliklarning Ukrainadagi mojaroda ishtirok etish holatlari o‘rganilyapti

Qozog‘iston Milliy xavfsilik qo‘mitasi qozog‘istonliklarning Ukrainadagi harbiy mojaroda ishtirok etishi holatlarini tekshiryapti. Bu haqda Qo‘mitadagi manbaga tayanib Tengrinews.kz nashri xabar bermoqda.
«Hozirda MXQning tergov bo‘linmalari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining Ukraina hududidagi qurolli mojaro yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishi faktlari bo‘yicha 10 ta jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
Xavfsizlik qo‘mitasi, hozircha, qozog‘istonliklar qaysi tarafga aloqador bo‘linmalarda mojaroda ishtirok etayotganiga aniqlik kiritmagan.
«Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasi 1-qismiga asosan dastlabki tergov ma’lumotlari oshkor etilmaydi», – deyiladi Qozog‘iston MXQ matbuot xizmati xabarida.
Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, xorijdagi qurolli mojarolarda qatnashish 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter