Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga noqonuniy yo‘llar bilan kirayotgan 12 afg‘onistonlikni dronlar ushlab berdi

Qozog‘istonga noqonuniy yo‘llar bilan kirayotgan 12 afg‘onistonlikni dronlar ushlab berdi

Foto: «Zakon.kz»

Qozog‘istonning Jambil viloyati chegara xizmatchilari davlat hududiga yashirincha kirishga uringan 12 nafar afg‘onistonlik fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda «Zakon.kz»  xabar berdi.

Chegarabuzarlarni uchuvchisiz boshqariladigan apparat yordamida aniqlashdi. Afg‘onistonliklar Qirg‘iziston orqali Qozog‘istonga piyoda o‘tib ketishga urinishgan.

Voqea yuzasidan sudga qadar surishtiruv boshlangan.

Qozog‘iston chegarachilariga uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalardan foydalanishga ruxsat etilgan. Xabarlarga ko‘ra, mamlakat hukumati chegarachilarga 15 ta samolyot toifasidagi o‘ziuchar hamda 90 ta kvadrokopter olib berishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring