Qozog‘istonda gaz balloni portlashi oqibatida 3 kishi vafot etdi, 11 kishi yaralandi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida gaz balloni portlashi oqibatida uch kishi vafot etdi, 11 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Mir24 ma’lum qilmoqda.
Portlash oqibatida ikki ayol va 2017 yilda tug‘ilgan bola vafot etgan. Jabrlanganlar orasida besh nafar bola borligi, ularning eng kichigi endigina bir yoshda ekanligi aytilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning ahvoli og‘ir.
Ma’lum bo‘lishicha bir kun oldin xonadon egasining uyiga qarindoshlari mehmonga kelgan, havo harorati sovuqligi tufayli gaz ballonini uy ichiga kirgizib qo‘ygan.
«Portlash natijasida binoda yong‘in sodir bo‘lgan va tom qismi yonib ketgan. Taxminan yong‘in maydoni 350 kvadrat metrni tashkil etgan . Bu esa portlash haqida juda kech xabar topilganidan darak beradi», — dedi Qozog‘istonning Akmo‘la viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Nurlan Atigaev.
Yong‘inni o‘chirishga 35 kishi va 7 ta texnika jalb qilingan. Voqea joyida tezkor-tergov guruh ish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter