Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda «Seftriakson»dan 18 kishi vafot etgani aytildi. SSV bu xabarni rad etgan

Qozog‘istonda «Seftriakson»dan 18 kishi vafot etgani aytildi. SSV bu xabarni rad etgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Olmaota shahrida 18 kishi «Seftriakson» antibiotigi in’yeksiyasini qabul qilganidan keyin vafot etgani va ushbu preparat dorixonalardan yoppasiga musodara qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Biroq Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining StopFake.kz nashrida e’lon qilgan munosabatiga ko‘ra, mazkur dori vositasining bemorlar o‘limi bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlari haqida ma’lumot yo‘q. Mamlakat SSVning Tibbiy va farmatsevtika nazorati qo‘mitasi va uning Olmaotadagi hududiy bo‘limlariga ham bunday shikoyatlar kelib tushmagan. 

«Ushbu dori Qozog‘istonda litsenziyalangan va dorixonalarda sotiladi», – deyiladi Qozog‘iston SSV xabarida. 

Shuningdek, mazkur dori vositasi haqidagi xabarlarga O‘zbekiston SSVning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassisi Sabohat Hayitova ham munosabat bildirib, xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi. 

Ma’lumot uchun, «Seftriakson» antibiotik dori vositasi bo‘lib, qator kasalliklar, jumladan, sepsis, meningit, turli xil infeksiyalar, pnevmoniya va boshqa shu kabi uchun buyuriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring