Qozog‘istonda aeroportning 31 ming dollarini o‘zlashtirib olgan dasturchiga hukm o‘qildi
Xalqaro aeroport hisob-raqamidan 12 million tenge ($31 ming) yechib olgan atiraulik dasturchi besh yilga qamaldi. Bu haqda transport politsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Muassasa xabarida aytilishicha, xaker Atirau xalqaro aeroporti hisobidagi pullarni bir tanishining bankdagi hisobiga o‘tkazib yuborgan. Shundan so‘ng bu pullar hisobdan yechib olingan.
Aeroport pullari yo‘qolgani haqidagi xabar shu yilning 26-aprelida paydo bo‘lgandi.
O‘g‘ri begona emas ekan. U Atirau xalqaro aeroportining 23 yoshli muhandis-dasturchisi bo‘lib chiqdi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter