Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 20 yil qullikda saqlangan shaxs aniqlandi

Qozog‘istonda 20 yil qullikda saqlangan shaxs aniqlandi

Foto: «AP Photo / Vladimir Tretyakov»

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati politsiyasi Rossiya fuqarosining 20 yil davomida noqonuniy ozodlikni cheklanganligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda, «Noqonuniy ozodlikni cheklash» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, jinoyatda gumon qilingan mahalliy kishi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat politsiya boshqarmasiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlar monitoringi chog‘ida boshqarmaning kriminal politsiya bo‘limi xodimlari Qarag‘anda viloyatidagi qishloqlardan birida bir kishi noqonuniy ushlab turilgani haqida xabar bergan videoni ko‘zdan kechirishgan.

«Shet tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan 44 yoshli erkak 20 yil davomida noqonuniy ekspluatatsiya va majburiy mehnatga duchor bo‘lganini aniqladi. Ayni vaqtda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Politsiya RIA Novosti agentligiga taqdim etgan videoda erkak o‘zini Rossiya Federatsiyasi Yaroslav viloyati Gavrilov-Yamskiy tumani Gore-Gryaz qishlog‘ida tug‘ilgan Aleksey Aleksandrovich Kotov deb tanishtirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 20 yildan beri tutqinlikda bo‘lib, ota-onasiga «Qozog‘istondan chiqib ketish»ga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring