Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston «Tolibon»ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Qozog‘iston «Tolibon»ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Qozog‘iston rasmiylari «Tolibon»ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.

Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Kazinform agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 Nega bunday qaror qabul qilindi?

– Qozog‘iston Respublikasida taqiqlangan terroristik tashkilotlarning milliy ro‘yxatini yangilash maqsadida muntazam ravishda audit o‘tkaziladi.

Ushbu jarayonning bir qismi sifatida, BMT amaliyotiga ko‘ra, «Tolibon»ni undan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy rezolyusiyalariga ko‘ra, «Tolibon» BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb topilgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

– Qozog‘iston va «Tolibon» o‘rtasidagi diplomatik aloqalar qanday rivojlanadi?

– Siyosiy aloqalarga kelsak, Qozog‘iston BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan qaror va rezolyusiyalarga qat’iy rioya qilishda davom etishini alohida ta’kidlamoqchiman.

«Tolibon» harakati 1986-87 yillarda boshlangan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida u taqiqlangan terrorchilik tashkiloti sifatida qayd etilgan. «Tolibon» Afg‘onistonni dastlab 1996 yildan 2001 yilgacha boshqargan. Harakat 2021 yilda AQSh qo‘shinlari mamlakatdan chiqib ketganidan keyin hokimiyat tepasiga yana qaytdi.

«Tolibon» turli davlatlar, jumladan, Qozog‘iston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga, jahon hamjamiyati oldida o‘zini tiklashga harakat qilmoqda. Harakat o‘zining eng yaqin qo‘shnilari bilan faol savdo aloqalarini o‘rnatmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring