Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ochiqladi

Qozog‘iston Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ochiqladi

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi tan olinmagan «Tog‘li Qorabog‘ respublikasi»da bo‘lib o‘tgan saylov yuzasidan bayonot berdi.

«Tog‘li Qorabog‘ tegrasidagi so‘nggi hodisalar munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi xalqaro miqyosda tan olingan sarhadlari doirasida Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini yana bir karra tasdiqlaydi. Shuningdek, barcha masalalar BMT Nizomi va xalqaro huquqning asosiy tamoyillari hamda me’yorlariga muvofiq tarzda hal etilishini yoqlaydi», – deyiladi bayonotda.

Avvalroq rasmiy Ostona Rossiya egallab olgan Ukraina hududlari – «DXR», «LXR» hamda Zaporijjya va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yuzasida munosabat bildirib, davlatlarning hududiy yaxlitligi va suveren tengligi tamoyillariga muvofiq tarzda ish yuritishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni «Tog‘li Qorabog‘ parlamenti» Samvel Shahramanyanni tan olinmagan respublikaning yangi prezidenti etib sayladi.

Rasmiy Boku saylovni «Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro huquq normalari va tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish» deb atadi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi bu masalada bergan bayonotda ham do‘st Ozarbayjonning suvereniteti va hududiy yaxlitligi qat’iy qo‘llab-quvvatlanishi, uning ichki ishlariga har qanday aralashuv qoralanishi ta’kidlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring