Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonlik deputat poytaxtga kirishni qattiq nazoratga olishni so‘radi

Qozog‘istonlik deputat poytaxtga kirishni qattiq nazoratga olishni so‘radi

Foto: Xabar.uz

Ostona shahri maslihati deputati Azamat Aytxojin poytaxtga kirish va chiqish joylariga blokpostlar  o‘rnatishni taklif qildi.

Bunga sabab sifatida u iste’molga yaroqsiz go‘sht, giyohvand moddalar importi va janubiy hududlardan kelayotgan odamlar oqimini keltirdi.

«Yo‘l to‘siqlari masalasini tezda ko‘tarishimiz kerak. Poytaxtga tashrif buyurganimizda, har kim o‘tib ketadi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari Janubiy Qozog‘istonga kelib, chegarani kesib o‘tadi. Kimdir noqonuniy kelayotgan bo‘lsa avtobusi bilan qaytarish kerak, vassalom. Hamma u yerdan poytaxtga oshiqyapti. Yo‘l to‘siqlarini o‘rnating - tamom, - dedi deputat.

Ostona politsiya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dauren Kazbekov deputatga yo‘l to‘siqlarini o‘rnatish masalasi allaqachon Ichki ishlar vaziri tomonidan ko‘rib chiqilayotganini aytgan.

Avvalroq Toshkentda havoning ifloslanishi sababli viloyatdan keluvchilaruch kun ichida poytaxtdan chiqarib yuborish taklif etilgan va bu tanqidlarga sabab bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring