Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni qurmoqda (foto)

Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni qurmoqda (foto)

Foto: liter.kz

Mamlakat poytaxtida Kabanbay botir va Mangilik el xiyobonlari oralig‘ida yangi masjid qurilmoqda. Nur Sulton hokimi Oltoy Kulginov o‘zining instagram sahifasida ushbu masjid Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi eng yirik maskanga aylanadi, deya ma’lumot berdi.

Foto: liter.kz

Masjid gumbazining balandligi deyarli 90 metr, minoralar esa 130 metr balandlikda quriladi. Masjidning sig‘imi 30 ming kishini tashkil qiladi. Hokimning ta’kidlashicha, qurilish Nursulton Nazarboyev nomidan homiylik mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda.

Foto: liter.kz

«Bugun men masjid qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqdim. O‘z navbatida biz muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar ustida ish olib bormoqdamiz. Jumladan, masjid hududi obod qilinadi va daraxtlar ekiladi. Kelajakda masjid nafaqat mamlakatimiz aholisiga, shuningdek, sayyohlar uchun ham diqqatga sazovor joyga aylanadi», deydi Kulginov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring