Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston hokimlarni saylash yo‘liga o‘tadi

Qozog‘iston hokimlarni saylash yo‘liga o‘tadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston Respublikasi saylovlari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, mamlakatdagi barcha tumanga bo‘ysinuvchi shaharlar, qishloqlar, poselkalar va qishloq okruglari ma’muriyatlarining rahbarlari (akimlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi tomonidan saylanishi joriy qilinmoqda. Nomzodlar biror partiyadan ko‘rsatilishi yoki mustaqil ravishda ilgari surilishi mumkin.

Shunday qilib 2021 yilning ikkinchi yarmidayoq 836 ta ma’muriy birlikda akimlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovi bo‘lib o‘tadi.

Yana bir muhim o‘zgarish - parlament saylovi natijasiga ko‘ra parlamentdan joy oladigan partiyalar uchun ovoz yig‘ish chegarasi 7 foizdan 5 foizga pasaytirildi. Shuningdek, barcha darajadagi saylov byulletenlarida «hammaga qarshi» grafasi kiritiladi.

O‘zbekistonda ham hokimlarni saylash masalasi so‘nggi besh yillikda ko‘p ko‘tarilmoqda. Ammo bu masala bo‘yicha amalda aytarli harakatlar amalga oshirilganicha yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring