Qozog‘iston bosh vaziri hasharga chiqdi (foto)
Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin «Birgalikda — Toza Qozog‘iston» ekologik aksiyasi doirasida Qoyandi suv omborini tozalash ishlarida qatnashdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining rasmiy sayti xabar berdi.
Ekologik aksiya qatnashchilariga salom yo‘llarkan, bosh vazir ushbu tadbirning ahamiyatiga to‘xtalgan va barcha hududlar hokimlari, ekologiya faollari, yoshlar tashkilotlari va ko‘ngillilarni mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chorlagan.
Aksiyada 1 200 kishi qatnashgani aytilmoqda. Hasharga Qozog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari, Nur-Sulton shahri va Aqmo‘la viloyati hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpuslar vakillari, mahalliy ijroiya hokimiyatidan vakillar, talabalar, ko‘ngillilar kelgan.
Mingdan ortiq odam bir bo‘lib, suv ombori qirg‘oqbo‘yi hududlarini tozalab, maxsus chiqindi qutilarini o‘rnatishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter