Qozog‘iston 15 apreldan bug‘doy va un eksportiga cheklov kiritmoqda
Qozog‘iston 15-apreldan don va un eksportiga cheklov kiritadi. Bu haqda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Aydarbek Saparov ma’lum qildi.
Saparovning aytishicha, Qozog‘istonda har yili 3 million tonna un tayyorlanadi va shuning yarmi eksportga ketadi.
Idoralararo komissiya ichki bozorda taqchillik hamda un tayyorlash korxonalariga yuklanish tushishining oldini olish maqsadida 2022-yilning 15-aprelidan bug‘doy va un eksportiga kvotalar kiritdi.
Kvotalar: bug‘doy uchun — 1 mln tonna, un uchun — 300 ming tonna.
«Zakon.kz» yozishicha, vazirlik mamlakatda don taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarni avvalroq inkor etgandi. Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Qozog‘istonda 6,4 mln tonna don mavjudligini, ichki ehtiyojni qoplashdan tashqari, bir qismini eksportga yo‘naltirish mumkinligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter