Qotillikka bag‘ishlangan noyob tanga auksionga qo‘yildi
Ekspertlar Yuliy Sezar o‘ldirilganidan so‘ng zarb etilgan noyob Rim tangasini topishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir tanga bir necha million dollarga baholanadi.
Tanga miloddan avvalgi 42-yilda, konsulning o‘limidan ikki yil o‘tgach zarb etilgan. Tanganing old tomonida Sezarning qotillaridan biri Mark Yuniy Brut portreti, ikkinchi tomonida esa ikkita xanjar bilan EID MAR («Mart oyi») yozuvi tushirilgan.
Bunday tangalardan yuzga yaqini kumush va atigi uchtasi (sotuvga qo‘yilayotgani shulardan bittasi) oltindan yasalgan. Tanganing haqiqiyligini «Sarasota» (AQSh) kompaniyasi vakillari tasdiqlashdi.
Ilgari ushbu tanga Yevropada shaxsiy kolleksiyada saqlangan. 29-oktyabr kuni Londonning «Roma Numismatics» kompaniyasi uni auksionga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Tanganing boshlang‘ich bahosi — £500 000 ($647 173).
«Biroq tanga noyobligi, badiiyligi va tarixdagi afsonaviy o‘rnini hisobga olgan holda bir necha million dollarga sotilsa, ajablanmayman», — deya ta’kidladi «Sarasota» kompaniyasi vakili Mark Zalsberg.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter