Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qotillikda ayblanuvchi g‘alati qilig‘i uchun sud zalidan haydab chiqarildi

Qotillikda ayblanuvchi g‘alati qilig‘i uchun sud zalidan haydab chiqarildi

Qotillikda ayblanayotgan argentinalik Nikolas Xil Pereg miyovlagani uchun sud zalidan haydab chiqarildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uchrashuvdan olingan videoda sudlanuvchining baland ovozda «miyov!» deb baqirayotgani eshitiladi. Tashqariga haydab chiqarilganda ham shunday qilishda davom etadi.

Hodisa Mendosa shahrida sodir bo‘lgan. Asli isroillik Pereg 2019 yilda ta’tilga uchib kelgan onasi va xolasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, advokatlar Peregni aqldan ozgan deb tan olinishiga erishishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring