Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston hukumati mamlakat parlamenti majlisi (quyi palatasi)ga o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng hukumat istefosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qozog‘iston qonunlariga ko‘ra, hukumat yangi saylangan majlis oldida iste’foga chiqishi shart. Shu bilan birga, hukumat a’zolari va bosh vazir o‘z vazifalarini yangi vazirlar mahkamasi tuzilgunicha bajarib turishlari kerak bo‘ladi.

10-yanvar kuni Qozog‘istonda Majlisga saylovlar bo‘lib o‘tgan. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi "Nur Otan" (Vatan nuri) partiyasi 71,09 foiz bilan g‘alaba qozongan. Qozog‘iston Demokratik partiyasi "Ak jol" (10,95 foiz ovoz) va Qozog‘iston Xalq partiyasi (9,10 foiz ovoz) ham parlament a’zoligiga kirishgan.

Hukumatni iste’foga chiqarish Qozog‘istonda so‘nggi bor 2019-yilda Nursulton Nazarboyev tomonidan amalga oshirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring