Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorabog‘ni minalardan tozalashga 20 yil kerak bo‘ladi

Qorabog‘ni minalardan tozalashga 20 yil kerak bo‘ladi

Foto: «RIA»

Qorabog‘ni minalardan tozalash gumanitar markazi direktori Samvel Mesropyan Tog‘li Qorabog‘ hududida minalar soni ko‘pligicha qolayotganini ma’lum qildi.

«Minalar darajasi nihoyatda yuqori. Birgina Stepanakert shahrida 27-sentyabrdan beri 30-40 mingga yaqin portlamay qolgan o‘q-dorilarni topdik va zararsizlantirdik», — dedi Samvel Mesropyan RIA Novostiga.

Uning ta’kidlashicha, 27-sentyabrda Qorabog‘da mojaro qaytadan avj olgandan so‘ng paydo bo‘lgan o‘q-dorilarni qidirish paytida minalardan tozalash guruhi 1990-yillarning boshlarida birinchi Qorabog‘ urushidan beri saqlanib qolgan portlovchi buyumlarga duch kelishgan.

«Ishimiz yana 15-20 yilga yetadi. Ehtimol, bundan ham ko‘p davom etishi mumkin», — dedi Mesropyan.

27-sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qaytadan boshlandi. Boku va Yerevan harbiy holatni e’lon qilib, bir-birini tinch aholini o‘qqa tutishda aybladi. Mojaro avj olishi natijasida ikkala tomondan ham harbiylar va tinch aholi qurbon bo‘ldi.

10-noyabr kuni oqshom Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va RF prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

Unga ko‘ra, Boku va Yerevan egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtaydi, Tog‘li Qorabog‘ hududining bir qismi esa Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tadi. 20-noyabrda Agdam, 25-noyabrda Kelbejer, 1- dekabrda esa Lachin hududlari rasman Bokuga o‘tdi.

Bundan tashqari, hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring