Qorabog‘da halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar soni ma’lum qilindi
Ozarbayjonning Qorabog‘dagi harbiy amaliyoti chog‘ida rossiyalik 6 nafar tinchlikparvar askar halok bo‘ldi. Bu raqam Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tomonidan ma’lum qilindi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Qayd etilishicha, rossiyalik harbiylarni o‘qqa tutganlikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olingan.
Shuningdek, qo‘l ostidagilari tinchlikparvar kuchlarni o‘ldirishda gumon qilinayotgan Ozarbayjon Qurolli kuchlari korpusi qo‘mondoni ham o‘z vazifasidan chetlashtirilgan.
20 sentyabr kuni Ozarbayjonning Qorabog‘dagi harbiy amaliyoti chog‘ida o‘qqa tutilgan rossiyalik tinchlikparvarlar halok bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi. Xabar qilinishicha, ularga hujum Janyatog‘ qishlog‘i hududida sodir etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter