Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qora mog‘or» Iroqda ham qayd etildi: ikki kishi vafot etgan

«Qora mog‘or» Iroqda ham qayd etildi: ikki kishi vafot etgan

Foto: «RIA Novosti»

Iroqning janubida joylashgan Ziqar muhofazasida (viloyatida) kamida ikki kishi mukormikoz yoki «qora mog‘or»dan vafot etdi. Sog‘liqni saqlash departamenti vakili Ammar al-Zamilining xabariga ko‘ra, kasallikni yuqtirish bo‘yicha to‘rtta holat qayd etilgan.

Har ikki o‘lim holati muhofaza markaziy shahri Nasiriyada ro‘y bergan bo‘lib, koronavirus asoratlari bilan bevosita bog‘liqligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «qora mog‘or» zamburug‘li infeksiyasi birinchi bo‘lib qayd etilgan Hindistonda keyinchalik kasallikning «oq» va «sariq» turlari ham aniqlangandi.

«Qora mog‘or» zamburug‘li sporalar orqali insonga o‘tadi. Organizmga shikastlangan teri (kesilgan, tirnalgan va kuyganda) orqali o‘tadi. Ilgari koronavirus bilan og‘riganlar yoki qandli diabeti bor insonlar uchun bu infeksiya xavfli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring