«Qora dushanba»: jahon fond bozorlari 2008-yildan beri eng yomon kunni o‘tkazdi

Dushanba, 9-mart jahon fond bozorlari uchun 2008-yildan beri eng yomon kun bo‘ldi. «Euronews» yozishicha, bir tomondan koronavirus epidemiyasi xavfi kuchayib borayotgan, ikkinchi tomondan neft narxlari 1991-yildan beri rekord pasayishga uchragan sharoitda AQShning Dow Jones sanoat indeksi dushanba kungi savdolarni 7,83 foizlik pasayish bilan yopdi.
Atlantikaning boshqa sohilida ham ahvol yaxshimas. Yevropa birjalarida savdolar fond indekslarining 7-8 foizlik pasayishi bilan tugadi. Fransiya yetakchi korporatsiyalari kotirovkalari asosiy ko‘rsatkichi — CAC 40 8,39 foizga, Italiyaning FTSE MIB birjasi naq 11,17 foizga quladi. DAX (Germaniya) yo‘qotishi esa 2001 yil 11 sentyabridagi teraktdan beri eng katta kattasi bo‘ldi — 7,94 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter