«Qonga — qon»: Belarusda o‘lim jazosi ijro etildi
Belarus sudi Aleksandr Osipovich ustidan chiqargan hukm 17-dekabr kuni ijro etildi: ikki ayolning qotili o‘ldirildi.
Bobruysklik Osipovich 26 va 27-yoshli ayollarni, birini pichoq bilan, birini bolg‘a bilan urib, o‘ldirgan edi.
Mahkum o‘lim hukmi o‘qib eshittirilganidan so‘ng Belarus Oliy sudiga apellyasiya bergan, ammo sud hukmni o‘z kuchida qoldirgan edi. Keyinchalik Osipovich Belarus prezidenti nomiga ham murojaat yo‘llaydi, biroq davlat rahbari uning «bir qoshiq qonidan kechish»ni istamagan.
Ma’lumot uchun: Belarus — Yevropadagi o‘lim jazosi qo‘llaniluvchi yagona mamlakat. 1996-yili masalani umumxalq referendumiga ham qo‘yishgan va belaruslarning 80,5 foizi o‘lim jazosini yoqlab ovoz berishgan. Aksariyat xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchilar Belarusdan o‘lim jazosini bekor qilishni talab qilib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter