Qo‘lbola aroq 19 kishining umriga zomin bo‘ldi
Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda turli do‘konlarda sotilgan uch xil aroqdan 19 kishi zaharlanib, halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti. Iste’mol qilingan spirtli ichimlik qo‘lbola ekani aniqlangan.
Zaharlanish tufayli shifoxonaga tushib qolgan 51 kishidan 14 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Hukumat halok bo‘lganlar soni ortishidan tashvishda.
Politsiya xodimlari ushbu voqeadan so‘ng do‘konlardagi turli spirtli ichimliklarni savdodan olib qo‘yishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter