Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Checheniston sport vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li, o‘n sakkiz yashar Ahmad Qodirov mamlakat Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bergan hududiy parlament raisi Magomed Daudov.
«Chin yurakdan tabriklayman... Ishonchim komilki, ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlov vazirlikning sportni rivojlantirish, yoshlar siyosatini amalga oshirish o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyati sifat va daraja jihatidan yuksalishiga xizmat qiladi», – deb yozgan Daudov Telegram-kanalida.
Deputat Ahmad Qodirovning o‘zim ham sportchi ekanini qo‘shimcha qilgan.
«U aralash jang san’ati va boks bo‘yicha bir qancha turnirlarda g‘olib chiqqan. Hurmatli jiyanim yoshlar bilan bog‘liq masalalarga juda e’tibor bilan yondashadi. U o‘ziga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada uddalay olishiga ishonchim komil. Buning uchun unda yetarli bilim, tajriba va intilish bor”, – deya ta’kidlagan Magomed Daudov.
Ma’lum bo‘lishicha, ilgari Ahmad Qodirov «Birinchilar harakati» Butunrossiya yoshlar harakatining Chechenistondagi bo‘limiga rahbarlik qilgan. Checheniston parlamenti spikerining so‘zlariga ko‘ra, u bu lavozimda «yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan».
Avvalroq Ahmad Qodirovning 15 yashar ukasi Adam Qodirov Checheniston rahbarining xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Ramzan Qodirov o‘zining yaqin qarindoshi, Grozniy merining otasi Shahmomed Qodirovni respublikaning oliy mukofoti bilan taqdirlagandi.
Mamlakat yetakchisi 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan chechen tilini bilish bo‘yicha tanlovning final bosqichida bolalari chechen tilini bilmaydigan amaldorlarni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter