Qobulda shifoxonaga hujum paytida 5 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxtidagi shifoxonaga hujum oqibatida 5 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi, yana 4 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «TOLO News» telekanali.
Avvalroq «1TV» telekanali seshanba kuni terrorchi-xudkush Qobul shahridagi shifoxonaga kiraverishda portlash sodir qilganini xabar bergandi. Shundan so‘ng gospital binosiga jangarilar bostirib kirishgan. Tibbiyot xodimlarining bir qismigina binoni tark etishga ulgurishgan. Telekanalning ma’lum qilishicha, tibbiyot muassasasi «Chegarasiz shifokorlar» (MSF) xalqaro gumanitar tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Politsiya maxsus bo‘linmasi allaqachon voqea joyiga yetib kelgan.
«Tolibon» radikal harakati bu hujumga aloqasi yo‘qligini aytmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter