Qiz yigitning pulini yechish uchun barmog‘ini kesib oldi
Portugaliyalik Mariya Malveyra mobil bankka kirish uchun yigitning barmog‘ini uzib oldi, deb xabar berdi «The Sun» tabloidi.
Nashrning yozishicha, qiz Diogo Gonsalvesga «tizzada raqs tushishni» taklif etib, uni stulga bog‘lab qo‘yadi va bo‘g‘ib o‘ldiradi. Shundan so‘ng Mariana Fonseka ismli hamshira tanishi yordamida yigitning barmog‘ini kesib oladi. Bu onlayn-bankka kirish va shopping qilish uchun zarur edi.
Qotillikka Gonsalvesga marhum onasidan 60 ming funt sterling meros qolgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Yigitning qoldiqlari 27-mart kuni: tanasi qotillik sodir etilgan joydan taxminan 15 mil uzoqlikdagi Sagresh shahri yaqinidan, boshi esa taxminan 55 mil qarama-qarshi tarafdan topilgan. Qo‘l-oyoqlari esa haligacha yo‘q.
Ayni vaqtda qiz hibsga olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter