Britaniya qirolichasining uzoq umr ko‘rish sabablari ochiqlandi
Qirolicha Yelizaveta IIning uzoq umr ko‘rish sirlari ochildi – u aprel oyida 95 yoshga to‘lgandi. Bu haqda Express nashri yozmoqda.
Birinchidan, Britaniya monarxi to‘g‘ri ovqatlanadi. Uning sobiq oshpazi Darren Makgredining so‘zlariga ko‘ra, Yelizaveta II sabzavotli baliq yoki go‘shtni afzal ko‘radi va tarkibida uglevodlar mavjud mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishga harakat qiladi.
Qirolichaning sevimli taomlaridan biri bu ismaloq qo‘shilgan Dover kambalidir. Bundan tashqari, u nonushta, tushlik va kechki ovqatni o‘z vaqtida iste’mol qiladi.
Ikkinchidan, Yelizaveta II jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi. Sportga befarq munosabatda bo‘lishiga qaramay, yengil jismoniy mashqlarni muntazam bajaradi.
Avvalroq Britaniya qirollik oilasida dengiz mahsulotlari va sarimsoq, pishirish taqiqlanganligi haqida xabar bergandik.
Qirollik oshxonasida 15 yildan ortiq ishlagan oshpaz Greydi qirolicha oddiy ovqatni afzal ko‘rishini ma’lum qilgan. Yelizaveta II ning tongi odatda choy va yorma bilan boshlanadi. U, shuningdek, yogurt va marmeladli tostga ham yo‘q demaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter