Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibi avtohalokat qurboni bo‘ldi

Qirg‘izistonda xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibi avtohalokat qurboni bo‘ldi

Foto:«Sputnik»

2018 yilgi xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibi Issiqko‘l yaqinida avtohalokat natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra hodisa 2 iyun kuni soat 21:10da sodir bo‘lgan. Natijasida kuchli jarohat olgan Soniya Shokirova voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi esa Bishkek travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish markaziga olib ketilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Soniya Shokirova 2018 yilning 28 martidan 4 apreliga qadar Vetnamda o‘tkazilgan «Miss Universe Beauty» xalqaro go‘zallik tanlovida Qirg‘iziston nomidan ishtirok etgan. Tanlov taniqli modeler Piyer Karden tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Shokirova «Missis World» nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring