Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishini tayyorlashda gumonlanib bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishini tayyorlashda gumonlanib bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda hibsga olish jarayoni aks etgan video tarqaldi. Kadrlarda qurollangan xavfsizlik kuchlari Bishkek ko‘chalarida operatsiya o‘tkazayotgani ko‘rinadi. Hibsga olinganlarning shaxslari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q, videoda yuzlar ham ko‘rinmaydi.

«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi davlat to‘ntarishida gumon qilingan ishtirokchilarni ommaviy hibsga olish ishlarini olib bormoqda», – deb yozadi Kaktus.media axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib.

Nashr manbasi «bir guruh shaxslarning hokimiyatni kuch bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rgan»i hamda «barcha faol ishtirokchilar qo‘lga olinayotgani»ni bildirgan, xolos.

Manba ehtimoliy davlat to‘ntarishi faollari va sheriklarining ismlarini, shuningdek, ular qaysi siyosatchi bilan aloqador bo‘lishi mumkinligini aytishdan bosh tortgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring