Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda dabdabali to‘y qilganlar katta jarimaga tortilishi mumkin

Qirg‘izistonda dabdabali to‘y qilganlar katta jarimaga tortilishi mumkin

Qirg‘iziston parlamenti a’zolari «Marosimlar, bayramlar va an’analarni o‘tkazishda isrofgarchilikni cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi, deya xabar bermoqda 24.kg.

Loyiha bo‘yicha bayonotda bayramlar va dafn marosimlari oila moliyasiga jiddiy zarar yetkazishi aytiladi:

«Ko‘pincha oilalar bunday tadbirlarni moliyalashtirish uchun kredit olishadi, bu halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu jumladan ajralishlargayam sabab bo‘ladi». 

Qonun loyihasida bayramlar uchun so‘yilgan hayvonlar sonini cheklash, shuningdek, mehmonlar sonini tartibga solish taklif qilingan.

Deputatlar quyidagilarni taqiqlashni taklif qilmoqdalar:

- o‘limning uchinchi, yettinchi, qirqinchi kuni va yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari;

- 250 kishidan ortiq kishilik to‘y; 

- to‘ylarda uchtadan ortiq avtomashinadan foydalanish;

- qo‘shimcha xarajatlar, shu jumladan sovg‘alar, taomlar va kiyim-kechaklar solingan savat;

- Hajga ketayotgan va qaytayotgan ziyoratchilarni tantanali jo‘natish va kutib olish.

Huquqbuzar jismoniy shaxslar 300 ming som (qariyb 3,5 ming dollar), yuridik shaxslar 100 ming som (1143 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring