Qirg‘izistonda 13 kishi kuydirgiga mubtalo bo‘ldi
Qirg‘izistonda 13 kishi kuydirgi kasalligiga chalinganlikda gumon qilinib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Avvalroq Bozorqo‘rg‘on tumanidagi Jani Akman qishlog‘ida 11 kishi kuydirgiga chalinganlikda gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan edi. Bugun ular safiga yana ikki kishi qo‘shildi. Bu ikki kishi go‘sht maydalayotib kuydirgi yuqtirib olgan», – degan mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi umumiy bo‘lim boshlig‘i Baxtigul Ismoilova.
So‘nggi 10 yilda Qirg‘izistonda 190 dan ziyod kishi kuydirgiga chalingan.
Kuydirgi o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, uni yuqtirib olgan kishi o‘z vaqtida davolanmasa, halok bo‘lishi mumkin.
Kasallik odamdan odamga yuqmaydi. Hayvondan odamga yuqadi.
Go‘sht yeyish, go‘shtni qayta ishlash, terini oshlash orqali yuqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter