Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida 15 yoshli qiz halok bo‘ldi
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi mojaro natijasida Dostuq qishlog‘ida yashovchi 15 yoshli qiz Elzada Mannanova halok bo‘ldi.
Ma’lumotni uning otasi Malik Mannanovga asoslanib Sputnik Qirg‘iziston tarqatgan.
Qiz Do‘stuq qishlog‘idagi umumta’lim maktabining 9-sinfida o‘qigan, deydi maktab direktori Aynura Turg‘unova.
Qiz hamqishloqlari bilan otishma bo‘layotgan vaqtda Marg‘un qishlog‘i tomon yugurgan, shu vaqtda unga tasodifan snaryad kelib tekkan.
Avvalroq, Qirg‘iziston TIV Tojikistonga chegaradagi qurolli mojaro yuzasidan norozilik notasini topshirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter