Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston sobiq prezidenti haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Foto: «Kremlin.ru»

Bishkek sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni uch nafar sobiq davlat xizmatchisini haqorat qilgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqda «24.Kg» xabar berdi.

Da’vogarlar — parlamentning sobiq deputati Ahmatbek Keldibekov, bosh prokuror Azimbek Beknazarov va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Keneshbek Duyshebayevlar sudda yutib chiqishdi.

Sud «Aprel» telekanali efirida ularni «o‘g‘rilar» va «quzg‘unlar» deya haqorat qilgan Atambayevga da’vogarlarga 100 ming som (1,4 ming dollar)dan jarima to‘lash majburiyatini yukladi. Jabrlanuvchilar bu pullarni xayriyaga ishlatishlarini ma’lum qilishgan.

Telekanalga nisbatan da’vo olib tashlandi. Sobiq prezidentning advokati sud qarori ustidan arz qilishini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring