Qirg‘iziston prezidentiga yangi samolyot olib berishmoqchi
![Qirg‘iziston prezidentiga yangi samolyot olib berishmoqchi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1540572389.jpg)
«24.kg» mamlakat fuqaro aviatsiyasi agentligi bo‘lim boshlig‘i Almaz Biymurzayevga asoslanib xabar berishicha, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga xizmat ko‘rsatuvchi «Birinchi raqamli bort» zamonaviysiga almashtiriladi.
Shu paytgacha davlat rahbari foydalanib kelgan «Tu-154M» samolyoti 26 yil muqaddam chiqarilgan, ma’nan eskirgan, shuning uchun hukumat ham uni zamonaviysiga almashtirmoqchi. «Birinchi raqamli bort» bo‘lishga nomzodlar orasida Amerikaning «Boeing» havo layneri ham ko‘rib chiqilyapti.
![](https://static.xabar.uz/uploads/17/720__hQKwWxHi8cSuG0lltssT4hHP4jGMpWXm.jpg)
«Hozirgi «Tu-154M» juda eski emas. Ammo prezident zamonaviy samolyotda uchishini istaymiz. Hammasi budjet doirasida bo‘ladi», — dedi Biymurzayev.
Ma’lumot uchun: Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hozirgacha rasman foydalanib kelayotgan «Tu-154M» samolyoti 1993-yilda chiqarilgan. Ushbu samolyotni Qirg‘iziston davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2008-yilda sovg‘a qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter