Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Debatlar avjiga chiqdi. Ayrim nomzodlar Japarovning qarorlarini bekor qilish kerak deb hisoblashmoqda

Debatlar avjiga chiqdi. Ayrim nomzodlar Japarovning qarorlarini bekor qilish kerak deb hisoblashmoqda

28-dekabr kuni KTRKda prezidentlikka nomzodlar Baktibek Kalmamatov, Klara Sooronkulova, Adaxan Madumarov, Kanat Isayev, Kanibek Imanaliyev va Aymen Kasenovlar orasida debat bo‘lgan. Bu haqda kloop.asia xabar berdi.

Kalmamatov boshqa nomzodlarga «agar ulardan biri prezident bo‘lib saylansa, 5-oktyabrdan keyin qabul qilingan qarorlarni bekor qiladimi?» degan savol bergan.

«Ata Meken» fraksiyasining deputati Imanaliyev Qirg‘iziston 7 oktyabrdan huquqiy doiradan chiqib, «Afrika davlatlari darajasiga tushib qolganini» ta’kidladi.

«Sadir Japarovni 7-oktyabrda premerlikka ko‘rsatilmoqda, Boronov premerlikdan 14 oktyabrda ketmoqda. Ishlayotgan kishining o‘rniga kelyapti. Demak, Sadir Japarov imzolagan hujjatning hammasi bekor qilinishi kerak. Shundan boshlab biz huquqiy doiraga kiramiz. Biz 7-oktyabrdan boshlab huquqiy doiradan chiqib ketdik», — deb javob Imanaliyev.

Sobiq bosh vazir Kubatbek Boronov 9-oktyabrda iste’foga chiqqan. Lekin Jogorku Keneshning deputatlari 6-oktyabrda Japarovni bosh vazirlikka tasdiqlagan, biroq bu qarorning legitimliligi gumon bo‘lgan — yig‘inda kvorum bo‘lmagan. Keyinchalik 10-oktyabrda, deputatlar Japarovni yana ma’qullagan, biroq deputatlarning kerakli soni yana yig‘ilgan emas. 14-oktyabrda deputatlar yana yig‘ilib Japarovni tasdiqlashgan, sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov uni bosh vazirlikka tayinlagan.

«Mustaqil mutaxassislar shunday qarorga kelsa, men shuni qabul qilaman», — dedi Aymen Kasenov.

«Qo‘shilaman, albatta, hammasini bekor qilamiz», — dedi Kanat Isayev.

Bu vaqtgacha ham Klara Sooronkulova Japarovning oqlanishiga shubha qilgan. U sudlarga bosim bo‘lganini taxmin qilib, Japarov qonuniy turda oqlanishi kerakligini ta’kidladi.

20-oktyabrda Oliy sud Sadir Japarov, Kamchibek Tashiyev va Talant Mamitovni 2012-yili bo‘lgan «hukumatni kuch bilan bosib olish» fakti bo‘yicha oqlagan. Japarovning Issiqko‘l viloyatining sobiq rahbari Emil Kaptagayevni «garovga olish» ishi qayta sudgacha bo‘lgan tekshiruvga yuborilgan. Japarov bu fakt bo‘yicha 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 2021-yilning 10-yanvarida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring