Qayta saylangan Emmanuel Makronni kimlar birinchi bo‘lib tabrikladi?
Bir qator davlat va hukumat rahbarlari Fransiya prezidentligiga qayta saylangan Emmanuel Makronni g‘alaba bilan tabriklashdi, deb xabar berdi «Euronews».
Makronni tabriklaganlar: AQSh hamda Ukraina prezidentlari Jo Bayden, Vladimir Zelenskiy, Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Germaniya hamda Avstriya kanslerlari Olaf Shols, Karl Nexammer va boshqalar. Shuningdek, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen, Yevrokengash raisi Sharl Mishel ham Makronni birinchilar qatorida tabriklashgan.
Kecha, 24-aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovda 98 foiz byulletenlar ishlanganidan so‘ng Emmanuel Makron 58,32 foiz, Marin Le Pen 41,68 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘lgan.
Mag‘lubiyatini tan olgan Le Pen endi parlament saylovida kurashni davom ettirishini aytdi. U bu galgi saylovdagi natijasini salkam g‘alabaga tenglashtirdi. Chunki besh yil avvalgi saylovning ikkinchi turida 35 foizdan kam ovoz to‘plagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter