Qatarga kirish osonlashdi
Qatar hukumati xorijlik sayyohlarning mamlakatga kirishini osonlashtirdi. Endi sayyohlar vaksina olganlik haqidagi sertifikatni taqdim etishlari shart emas, deb xabar berdi ATOR.
Sayyohlar, jumladan, istalgan yoshdagi bolalar Qatar hududiga kirish uchun ikki hujjatdan birini — manfiy PZR-test yoki manfiy natijali ekspress-testni ko‘rsatishsa kifoya. Vaksina qabul qilgan turistlar uchun ham bu hujjatlarni taqdim etish majburiy hisoblanadi.
Qo‘shimcha ikki shartni ham bajarish talab etiladi. Mamlakatga borishdan uchun kun avval ehteraz.gov portalida ro‘yxatdan o‘tish, tizimga xorijiy pasportning birinchi sahifasi suratini joylash lozim. Shundan so‘ng 24 soat ichida sayyohlar elektron pochta orqali Application for advance registration to enter the State of Qatar hujjatini olishadi. Bu Qatarga kirish uchun ruxsatnoma. Uni qog‘ozda chiqarib olish kerak bo‘ladi.
Doha aeroportiga yetib borganda EHTERAZ mobil ilovasini faollashtirish kerak, u mamlakatdagi barcha jamoat joylariga kirishda qo‘l keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter