Qamoqda saqlanayotgan Saakashvili ochlikni bas qildi
Qamoqqa olinganidan so‘ng ochlik e’lon qilgan Mixail Saakashvili (Gruziya sobiq prezidenti) ovqatlanishni boshladi. Bu haqda «Report» Gruziya adliya vazirligining maxsus penitensiar xizmatiga asoslanib xabar berdi.
«Saakashvili qamoqda ovqatlanishi uchun sharoitlar yaratilgan. U ovqatlanishni, jumladan, asal va tabiiy sharbatlar iste’mol qilishni boshladi, bu uning organizmiga kuchli toliqish xavf solmasligini anglatadi», — dedi Maxsus penitensiar xizmati rahbari Nika Sxvarashvili.
Qo‘lga olingan kuni ochlik e’lon qilgan Mixail Saakashvili sakkiz kun davomida tuz totmagan va 12 kilogramm vazn yo‘qotgan. Bu haqda kecha, 8-oktyabr kuni uning advokati Beka Basilaya ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter