Putinning Turkiyaga tashrifi kutilyapti

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Uskudarda juma namozidan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi. U avgust oyida Putinning Turkiyaga tashrifini ma’lum qilib, unga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytgan.
«Avgust oyida janob Putinni Turkiyada mehmon qilish uchun tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Biz Qora dengiz don yo‘lagini uzaytirish borasida hamfikrmiz.
BMTdan janob Guterrish ham janob Putinga maktub yo‘lladi. Umid qilamanki, ushbu maktub bilan biz va Rossiya tomonining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan g‘alla yo‘lagi ishini kengaytirishni ta’minlaymiz», – degan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter